Fasad termo panel: bezak va issiqlik izolyatsiyasi bitta tizimda

Termo panel yuqori zichlikdagi penopolistirol asosiga ega bo'lib, ustida akril dekorativ qoplama bor. Shu sababli bitta mahsulot bino ko'rinishini yangilaydi va devorni issiqlik yo'qotilishidan himoya qiladi.

Fasad uchun termo panel, penopolistirol asosli izolyatsiya paneli, Artline Decor

Termo panel qanday tuzilgan

Asos qatlami PSB-S-25F yoki PSB-S-35F markali penopolistirol. Ustida kamida 4 mm akril qoplama bor. Mahsulot o'z-o'zidan o'chuvchi xususiyatga ega va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar yo'q. Panel qirrasidagi qulf (zamok) tizimi birikmalarni aniq qiladi.

  • Qishda issiqni, yozda salqinni saqlaydi, energiya sarfini kamaytiradi
  • Issiqlik va ovoz izolyatsiyasi
  • Ob-havo sharoitiga chidamli: qor, yomg'ir va kuchli sovuq
  • AMK himoya qatlami zarbalardan va tashqi haroratdan himoya qiladi

Montaj tartibi

Panellar g'isht yoki beton devorga to'g'ridan-to'g'ri o'rnatiladi, suvoq talab etilmaydi. Maxsus sovuqqa va issiqqa chidamli yelimlar ishlatiladi, burchaklar 45° da kesiladi, har bir chok pena-kley bilan zich to'ldiriladi. Hovli uy (200-300 kv.m) uchun o'rtacha 5-10 kun ketadi. Izolyatsiya jarayoni haqida batafsil maqola blogimizda bor.

Termo panel va tabiiy travertin

Tabiiy tosh og'ir va issiqlikni saqlamaydi. Travertin ko'rinishidagi termo panel esa yengil va izolyatsiya vazifasini ham bajaradi. Taqqoslash jadvali blog maqolasida berilgan.

Ko'p beriladigan savollar

Termo panel nima?

Termo panel bu penopolistirol asosli, ustida dekorativ akril qoplamasi bor fasad paneli. U ham bezak, ham issiqlik izolyatsiyasi vazifasini bajaradi.

Panellar uyning issiqlikni saqlashiga yordam beradimi?

Ha, penoplast asosi issiqlik izolyatsiyasini ta'minlaydi: qishda issiqni, yozda salqinni saqlaydi.

Suvoq qilish kerakmi?

Yo'q, panellar g'isht yoki beton ustiga to'g'ridan-to'g'ri o'rnatiladi.

Panellar yonadimi?

Mahsulot o'z-o'zidan o'chuvchi (samozatuxayushchiy) xususiyatga ega.

Termo panel narxi qancha?

Narx obyekt maydoni va tanlangan elementlarga bog'liq, ko'rikdan keyin aniqlanadi. Bepul smeta uchun +998 99 102 02 00.

Tegishli sahifalar

Blogdagi maqolalar

Bepul smeta hisoblatmoqchimisiz?

Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanib, obyektni hisoblab beradi va bepul maslahat beradi. Telefon: +998 99 102 02 00.